
"Tottenxem" yana bir asosiy tarkib futbolchisini sotmoqchi
Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Erik Dayer yozda klubni tark etishi mumkin. Bu haqida Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Londonliklar futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelisha olishmayapti. Gap shundaki, Dayer markaziy himoya chizig‘ida doimiy o‘yin amaliyoti berilishini klubdan talab qilmoqda, biroq "Tottenxem" 26 yoshli futbolchining shartlariga rad javobini berdi. Shu sababli endi "shporlar" klublarning futbolchi bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor.
Joriy mavsumda Dayer "Tottenxem" libosida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita asisstga muallif bo‘ldi. Transfermarkt nashri angliyalikning transfer summasini 30 million evroga baholamoqda.
Fikrlar