"Tottenxem" "Yuventus"ning ikki futbolchisini nishonga oldi

  • 30 yanvar, 2022, 13:08
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Tottenxem" klubi qishki transferlar oynasida o‘z tarkibini kuchashtirish uchun jiddiy bel bog‘lagan. Garchi klub rejalashtirgan ko‘plab transferlar amalga oshmagan bo‘lsa-da, "shporlar" to‘xtamoqchi emas.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, London klubi "Yuventus"dan yarim himoyachi Rodrigo Bentankur va qanot hujumchisi Deyan Kulushevkini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ushbu transferlar yaqin soatlar ichida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Kulushevski sotib olish huquqi bilan ijara asosida APLga ko‘chib o‘tsa, Bentankur 30 million evro evaziga harid qilinadi.

"Transfermarkt" portalida Deyan Kulushevskining bahosi 30 million evro etib belgilangan, xuddi shu portalda Rodrigo Bentankur 25 million evroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!