“Tottenxem”da eng ko‘p maoshni kim olyapti?
Angliya Premier-ligasida ishlari kutilganidek ketmayotgan “Tottenxem”da eng ko‘p maosh olayotgan futbolchi kim ekani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirgi vaqtda “shporlar” safida eng yuqori maosh oladigan futbolchi Konor Gallaher hisoblanadi. Bu haqida insayder Mett Hyuz ijtimoiy tarmoqlarda xabar qildi.
26 yoshli yarim himoyachi yanvar oyida Madriddning “Atletiko” klubidan londonliklar jamoasiga transfer qilingan edi. Transfer summasi 40 million yevroga teng bo‘lgan.
London klubida Konor haftasiga taxminan 200 ming funt sterling maosh oladi. Futbolchining “Tottenxem” bilan shartnomasi 2031 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Joriy Angliya Premier-ligasi mavsumida 26 yoshli yarimhimoyachi 6 ta o‘yinda ishtirok etgan. Gallaher 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar