
"Tottenxem"ga "Real" futbolchisi kerak emas
“Tottenxem“ “Real“ Madrid futbolchisi Garet Beylni sotib olishni rejalashtirmayapti. Jamoa 32 yoshli vingerning xizmatlariga muhtoj emas.
“Football London“ nashriga ko‘ra, yozda erkin agentga aylanadigan uelslik iqtidor egasi Kontening talablariga javob berishi qiyin. Uning jismoniy holati APL darajasiga mos emas, deb hisoblanmoqda.
Qayd etilishicha, Beyl faoliyatini “Real“da yakunlash ehtimoli yuqori emas. U mavsum yakunlangach, “qirollik klubi“ni tark etishi deyarli aniq.
Ma’lumot o‘rnida, Garet Beyl joriy mavsum barcha turnirlar doirasida atigi 5 o‘yinda ishtirok etdi va o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar