
Totti: Buffon 50 yoshgacha o‘ynamoqchi
Italiyalik afsonaviy futbolchi Franchesko Totti "Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon hali beri faoliyatini yakunlamasligiga ishonmoqda.
“Jiji 50 yoshgacha o‘ynamoqchi. Lekin u yana 2-3 mavsum o‘ynay oladi. Bundan tashqari u zaxira darvozaboni hisoblanadi”, - deydi Totti.
Aytish kerakki, 42 yoshli Buffonning “Yuve” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Ammo, u turinliklar bilan yana bir yilga uzaytirishga tayyor.
Fikrlar