Tovon puli 1 milliardlik futbolchi uchun MYu va "Inter" kurashmoqchi
"Barselona"ning chap qanot himoyachisi Alehandro Balde faoliyatini APL yoki A Seriyada davom ettirishi mumkin.
"Mundo Deportivo" nashri bergan xabarlarga koʻra, ispaniyalik himoyachining xizmatlariga Evropaning ikki grandi jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Neradzurrilar" 2027 yilda shartnomasi tugaydigan Federico Dimarkoning oʻrniga aynan Baldeni olib kelishni maqsad qilgan. "Manchester Yunayted" ham futbolchini sotib olib, himoya chizigʻida rang-baranglikni amalga oshirmoqchi. Futbolchining "koʻk-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi. "Transfermarkt" portali fulbekni 60 million yevroga baholagan.
Maʼlumot uchun, 22 yoshli himoyachi joriy mavsumda umumiy 32ta oʻyinda maydonga tushib, 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar