Asosiy mazmunga oʻtish

Tramp Eronni Italiya bilan almashtirish ehtimoli haqida savolga javob berdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

AQSh prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi jahon chempionatida Eronni Italiya bilan almashtirish ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.

Avvalroq, AQSh prezidentining maxsus vakili Paolo Dzampolli FIFAdan bo‘ladjak jahon chempionatida Eronni Italiyaga almashtirishni so‘ragan edi.

- 2026-yilgi jahon chempionatida Eronni Italiya bilan almashtirish g‘oyasi haqida qanday fikrdasiz?

– Men bu haqida ko‘p o‘ylamayman. Bu qiziq savol. Bu haqida o‘ylab ko‘rishim kerak, – deb javob berdi Donald Tramp.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q