Tramp jahon chempionatiga Eronning o‘rniga Italiyanı olib kelmoqchi

  • 23.04.2026 08:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Paolo Zampolli 2026 yildgi jahon chempionatida Eron milliy terma jamoasi o‘rniga Italiya milliy terma jamoasini ishtirok ettirishni taklif qildi.

- Men AQSh prezidenti Donald Trampga va FIFA prezidenti Janni Infantinoga jahon chempionatida Eron o‘rniga Italiyaning qo‘shishni taklif qilganimni tasdiqlayman.

Men kelib chiqishim bo‘yicha italyalikman va AQShda o‘tkaziladigan turnirda Italiyaning ko‘rish orzum edi. Ular to‘rt karra jahon chempioni sifatida turnirda ishtirok etishga munosib, - dedi Paolo Zampolli.

Bu haqida The Guardian va Financial Times kabi nufuzli manbalar ma’lumot tarqatdi.

Jahon chempionatining “G” guruhida Eron futbolchilari Belgiya, Yangi Zelandiya va Misr milliy terma jamoasi bilan o‘ynashi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Italiya hal qiluvchi saralash o‘yinida Bosniya va Gertsegovina milliy terma jamoasiga mag‘lub bo‘lib, turnirga yo‘llanma ola olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мамадияров Махмуд
23/04/2026 10:36
Шу гапига эшакни асбобини спагеттига қўшиб есин