
Transfer bozorini yondirganlar – “Vest Xem”
“Vest Xem” Angliya Premer-ligasining grand klublari qatoriga kirmaydi. Biroq bu jamoa joriy mavsumda yuqori o‘rinlar uchun kurashish imkonini topmoqda.
“Bolg‘aurarlar” o‘tgan mavsumni xalqaro sovrin bilan yakunladi. Ular UEFA tasnifidagi uchinchi musobaqa – Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqdi.
Yozda “Vest Xem” o‘yinchi sotishda ham, yangi ijrochilarni olishda ham faol bo‘ldi.
“Vest Xem”ga kelganlar:
Muhammad Qudus (“Ayaks”, 45 million evro); Edson Alvares (“Ayaks”, 40 million evro); Jeyms Uord-Prouz (“Sautgempton”, 35 million evro); Konstantinos Mavropanos (“Shtutgart”, 25 million evro).
“Vest Xem”dan ketganlar:
Deklan Rays (“Arsenal”, 110 million evro); Janluka Skamakka (“Atalanta”, 30 million evro); Artur Masuaku (“Beshiktosh”); Manuel Lanzini (“River Pleyt”, bepul); Nikola Vlashich (“Torino”, 15 million evro).
Fikrlar