Transfer oynasi bo‘yicha muhim qaror e’lon qilindi

Germaniya futbol federatsiyasi (DFL) yozgi transfer oynasini 5-oktyabrgacha davom etishi haqida qaror qabul qildi.

Dastlab 1 iyul kuni transfer oynasi qisqa muddatga ochiladi va klublar bu vaqtgacha kelishuvga erishgan shartnomalarini rasmiylashtirib oladi.

Ikkinchi bosqich esa 15 iyulidan 5 oktyabrigacha davom etadi. 6 oktyabr kuni esa Chempionlar ligasi uchun futbolchilarni ro‘yxatga o‘tkazish uchun so‘nggi muddat hisoblanadi.

Shuningdek, FIFA milliy birinchilik tashkilotchilariga transfer oynasini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!