Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Transferlar oynasining so‘nggi kunida sodir bo‘lgan voqealar!

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 1

Ko‘plab transferlar amalga oshdi

Evropada 2024 yilning yozgi transferlar oynasi yopildi. Barcha klublar o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni birinma-ketin amalga oshirdi. Quyida oxirgi kunda ro‘y bergan voqealar bilan tanishishingiz mumkin. 

Rasman e’lon qilingan transfer:

18 yoshli yarim himoyachi Sekou Kone "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzoladi. Malilik futbolchini skautlar 17 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida kuzatishgan. U O‘zbekistonga qarshi birinchi tur uchrashuvida ham harakat qilgandi. 

Skott Maktominey "Napoli" futbolchisi ( 30 million evro, 3 yillik shartnoma)

Temmi Abraxam "Milan" futbolchisi. (10 mln evro + Alesis Salemakers (ijara), bir mavsumlik ijara). 

Neto "Arsenal" futbolchisi Darvozabon bir mavsumlik ijara asosida "kanonirlar" safiga qo‘shildi.

Billi Gilmor "Napoli" futbolchisi (13 million evro, 5 yillik shartnoma).

Manu Kone "Roma" futbolchisi (20+5 million evro, 5 yillik shartnoma).

Andre "Vulverxempton" futbolchisi (22 million evro, 5 yillik shartnoma).

Manuel Ugarte "Manchester Yunayted" futbolchisi (50+10 million evro, 5 yillik shartnoma).

Vilfrid Zaxa "Lion" futbolchisi. Vinger ijara asosida Frantsiya klubida bir mavsum to‘p tepadi.

Eddi Nketia "Kristal Pelas" futbolchisi (25+5 million evro, 5 yillik shartnoma). 

Ayvan Touni "Al-Ahli" futbolchisi (40 million evro, 3 yillik shartnoma).

Jeyms Uord-Prouz ijara asosida "Nottingem Forest"ga o‘tdi.

Sebastian Aller ijara asosida "Leganes"ga o‘tdi.

Karlos Soler "Vest Xem" futbolchisi (ijara).

Ris Nelson "Fulxem"ga ijaraga o‘tdi. 

Rahim Sterling "Arsenal" a’zosiga aylanadi. 29 yoshli vinger ijara asosida "kanonirlar" tarkibida bir mavsum o‘ynaydi.

Armando Broya "Chelsi"dan "Fulxem"ga ko‘chib o‘tdi (sotib olish sharti bilan ijara (30 million evro).

Jeydon Sancho "Chelsi" futbolchisi (25 million evroga sotib olish bandi bilan ijara).

Here we go:

"Chelsi" himoyachisi Trevo Chaloba Londonning boshqa klubi "Kristal Pelas"ga o‘tmoqda. Himoyachi bir mavsum ijarada harakat qiladi.

Ivan Perishich "Xayduk" bilan shartnomasini bekor qilib, Italiyaning "Komo" klubiga erkin agent sifatida o‘tadi. 

Barbod bo‘lgan transfer:

"Chelsi" bu transfer ustida kun bo‘yi ishladi, lekin Viktor Osimxen bilan maosh borasida kelisha olmadi. "Al-Ahli" esa Ayvan Touni transferini hal qildi. Nigeriyalik hujumchining "Napoli"da qolish ehtimoli yuqori.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q