
Transferlardan soqqa qilayotgan jamoalar aniqlandi
Transfermarkt portali yozgi transferlar vaqtida transferlardan katta foyda olayotgan jamoalar reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, birinchi pog‘ona jamoa tarkibini tozalayotgan “Chelsi”ga nasib qildi. Hozirgacha amalga oshirilgan chiqish transferlari “aristokratlar” g‘aznasiga 221 million evro keltirgani qayd etilgan.
Ikkinchi o‘rindan joy olgan “Leyptsig” klubi transfer boshlanganidan beri jami 134 million evroga o‘yinchi sotgan.
Keyingi ikki pog‘onani 108 million evrodan daromad ko‘rgan iste’dodlar “fabrikasi” – “Borussiya Dortmund” va “Sporting” bo‘lishib turibdi.
Reytingda etakchilik qilayotgan “Chelsi” mavsum yakunlanganidan keyin Kay Xaverts, Meyson Maunt, Kalidu Kulibali, Eduar Mendi, Mateo Kovachich va Ruben Loftus-Chik kabi futbolchilarni sotib yubordi.
Fikrlar