
Transfermarkt: Aliqulov va Masharipovning narxi o‘sdi, Turg‘unboev va O‘runovda esa...
"Transfermarkt" portali Turkiya Superligasi va Eron Pro-ligasi futbolchilarining narxlarni yangiladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi va "Rizespor" himoyachisi Husniddin Aliqulovning narxi 200 ming evroga o‘sib, hozirda 1.7 million evroni tashkil qilmoqda. "Sivvaspor" vingeri Azizbek Turg‘unboevning narxi esa o‘zgarmadi - 1 million evro.
Erondagi legionerlarimiz ham grand klublarda harakat qiladi. "Istiqlol" vakili Jaloliddin Masharipovning narxi 100 ming evroga oshdi va endi 1.8 million evroni tashkil qilmoqda. Eron chempionatining eng qimmat futbolchisi esa Oston O‘runovning bahosi ham o‘zgarmadi - 2.5 million evro. "Fulad" posboni O‘tkir Yusupovning narxi 50 ming evroga pastlab, ayni damda 600 ming evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar