Transfermarkt Rossiya Premer-ligasidagi futbolchilarning narxini yangiladi. Legionerlarimizda o‘zgarish bormi?

  • 20 mart, 06:50
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashhur Transfermarkt portali Rossiya Premer-ligasidagi futbolchilarning narxlarini yangiladi. 
 
Xabaringiz bor, bizning 3 hamyurtimiz Rossiya chempionatida harakat qiladi. Bular: Abbosbek Fayzullaev (TsSKA), Rustam Ashurmatov (Rubin) va Sherzod Esanov (Akron) 
 
Eslatib o‘tish joiz, Fayzullaevning Transfermarkt portalidagi narxi 8 million evroni tashkil qilayotgan bo‘lsa, Ashurmatovning narxi 700 ming evro deb baholanayotgan edi. Shu bilan birga, Esanovning narxi ham 300 ming evro deb qo‘yilgan. 19 martdagi yangilanishidan so‘ng har bir futbolchimizning narxi o‘zgarishsiz qolgan. 
 
Bir necha kun oldin esa boshqa bir hamyurtimiz Abduqodir Husanovning narxi 12 million evrodan 35 million evroga ko‘tarilgan edi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Abbosbek Fayzullaev va Rustam Ashurmatov hozirgi kunda O‘zbekiston milliy terma jamoamiz bilan birga, Qirg‘iz Respublikasi va Eronga qarshi bellashuvlar uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
20/03/2025 10:31
Ashurmatov Rostovda emas Rubinda