Asosiy mazmunga oʻtish

Trent Aleksander-Arnold uchun beshta klub kurash olib bormoqda

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Trent Aleksander-Arnold oʻyin amaliyoti kamligi sabab yozda «Real»ni tark etib, «Arsenal», «Chelsi», «Manchester Siti» yoki «Bavariya»ga oʻtishi mumkin.

«Real» himoyachisi Trent Aleksander-Arnold yetarlicha oʻyin amaliyotiga ega boʻlmayotgani sababli jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga koʻra, futbolchiga bir qator yirik klublar qiziqish bildirmoqda. Xususan, Londonning «Arsenal» va «Chelsi» klublari, shuningdek, «Manchester Siti» hamda «Bavariya» angliyalik himoyachini oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Uning sobiq klubi «Liverpul» ham ehtimoliy transferni koʻrib chiqmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Trent Aleksander-Arnold 2025 yilda Angliyani tark etib, «Real» safiga qoʻshilgan edi. U «Liverpul» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q