
Trent Aleksandr-Arnold nima uchun formasida familiyasi emas, ismi yozilganini tushuntirdi
"Real" klubining yangi futbolchisi Trent Aleksandr-Arnold nima uchun formasiga familiyasi emas, ismini yozdirganini tushuntirdi.
"Hammasi juda oddiy. Evropada sayohat qilgan yillarim davomida odamlar uchun ismimni aytish qiyin bo‘lganini sezdim. Ismim uch so‘zdan iborat — Trent Aleksandr-Arnold — va har kim meni boshqacha chaqiradi: kimdir "Aleksandr", kimdir "Arnold", yana boshqalar shunchaki "Trent" deb ataydi.
Shuning uchun bu masalani soddalashtirishga qaror qildim. Mening ismim — Trent. Endi futbolkamda ham shunday yoziladi. Hamma meni shunday chaqirishini xohlayman," — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr-Arnold "Liverpul"dan "Real"ga erkin agent sifatida o‘tdi. Angliyalik futbolchining taqdimoti 12 iyun kuni bo‘lib o‘tdi.
Fikrlar