
"Tsaghkadzor Open": O‘zbekistonlik shaxmatchilar muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan turnirda hal qiluvchi onlar yaqin
Armaniston shaxmat akademiyasi shaxmat akademiyasi klubi bilan hamkorlikda musobaqa o‘tkazmoqda. "Tsaghkadzor Open" deb atalgan xalqaro turnir o‘zining avj pallasiga kirdi. E’tiborli tomoni shundaki, mazkur turnirda bir qator vakillarimiz ishtirok etib, yuqori natijalar qayd etmoqda. "A" va "B" guruhlariga bo‘lingan holda o‘tkazilayotgan turnirda reyting balli 2000'dan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, 2000 ballga ega bo‘lmagan shaxmatchilar qo‘shimcha haq evaziga "A" guruhida ishtirok etishlari mumkin.
"A" guruhi
Sadulla Azizov
"B" guruhi
Asilbek Abdulazizov
Asadbek Abdulazizov
Asmina Abdulazizova
Bekzod Jumaboev
Rauf Qosimov
Aram Kasparov
Muhammadsolih Rahmatullaev
Temur Shavkatov
Har ikki turnir "FIDE"ga muvofiq 9 ta turdan iborat bo‘lib, Shveytsariya tizimida o‘tkazilmoqda:
"A" guruhida ishtirok etayotgan yagona o‘zbekistonlik shaxmatchi Sadullo Azizov 8 turdan so‘ng 4 ochko bilan 41-pog‘onani band etib turibdi.
Ushbu guruhda hindistonlik Venkataraman Kartik 6.5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
"B" guruhida bizni quvontiradigan vaziyat vujudga kelgan. Gap shundaki, mazkur guruhda o‘zbekistonlik Aram Kasparov 8 tur yakunlariga ko‘ra, 7 ochko bilan "karvonboshi" bo‘lib turibdi. Quvonarlisi, ikkinchi pog‘onani ham aynan hamyurtimiz Rauf Qosimov egallagan (6.5).
Bundan tashqari, 5.5 ochko to‘plagan Asilbek Abdulazizov 19, xuddi shuncha ochko qo‘lga kiritgan Temur Shavkatov 21-o‘rinda bormoqda. Shuningdek, 5 ballga ega Muhammadsolih Rahmatullaev 34, 3 ochkosi bor Bekzod Jumaboev 97, 2 ochko yig‘gan Asadbek Abdulazizov 120-pog‘onalardan joy olishgan.
E’tiborli tomoni, Asilbek Abdulazizov 8 tur yakuniga ko‘ra, +135.6 reyting ochko yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi va bu borada "B" guruhida yaqqol peshqadam hisoblanadi.
7 yoshli yosh shaxmatchi qizimiz Asminaxon Abdulazizova 2 ochko bilan 123-o‘rinni band etib turibdi.
Ta’kidlash kerak, ertaga mazkur turnirning hal qiluvchi so‘nggi turi Toshkent vaqti bilan 11:30da start oladi.
Fikrlar