“Tsementchi” ertaga ilk nazorat uchrashuvida “Qo‘qon-1912” bilan o‘ynaydi
Yangi mavsumdan Super ligada ishtirok etadigan Quvasoyning “Tsementchi” jamoasi ertaga ilk nazorat uchrashuvini viloyatning yana bir vakili “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu nazorat uchrashuvidan so‘ng jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikning 1-bosqichini yakunlaydi va yangi yil bayrami munosabati bilan futbolchilarga kichik ta’til beriladi.
Jamoa a’zolari ikkinchi yig‘inni ta’tildan so‘ng katta extimol bilan Toshkent shahrida davom ettirishni rejalashtirgan.
“Tsementchi” va “Qo‘qon-1912” o‘rtasidagi nazorat uchrashuvi ertaga 28-dekabr soat 11:00da Qo‘qon shahrining markaziy o‘yingoxida o‘tkaziladi.

Fikrlar