TsSKA argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 07.03.2025 00:17
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Moskvaning TsSKA klubi yangi transferni e’lon qildi. "Armiyachilar" argentinalik Rodrigo Vilyagrani o‘z safiga qo‘shib oldi. 

"Rodrigo Villagra biz bilan!

Argentinalik yarim himoyachi TsSKA PFK bilan 2028 yilning dekabr oyi oxirigacha shartnoma imzoladi. Kelishuvda1 yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud. Rodrigo jamoamizda 5-raqam ostida o‘ynaydi.

Futbolchi erkin agent sifatida TsSKAga o‘tdi. Yarim himoyachi xalqaro miqyosda Argentina U-20 va U-23 terma jamoalarining sharafini himoya qilgan", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!