TsSKA futbolchisi Abbosning ketishi haqida: "Yaxshi futbolchilar jamoani tark etishiga doim tayyor turish kerak"

  • 31.07.2025 21:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

TsSKA himoyachisi Milan Gayich Abbosbek Fayzullaevning jamoadan ketishi haqidagi savolga javob berdi. Chorshanba kuni  legionerimiz "Istanbul Bashakshehir" tarkibiga qo‘shilgani ma’lum bo‘ldi. Gayichdan Fayzullaevdek futbolchini yo‘qotish achinarli emasmi, deb so‘rashdi.

- Abbos biz bilan uzoq o‘ynadi, uni tabriklab, omad tilamoqchiman. Bu shunchaki futbol, odamlar keladi va ketadi. Jamoani yaxshi o‘yinchilar tark etishiga tayyor bo‘lish kerak", - deya Gayichning so‘zlarini keltirdi "Match TV."

TsSKA chorshanba kuni Rossiya kubogi guruh bosqichi birinchi turida "Lokomotiv"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Endi Fabio Chelestini jamoani 3 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Premer-ligada "Zenit"ga qarshi o‘yinga tayyorlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!