TsSKAning Oston O‘runovga qiziqayotgani rostmi? Klub matbuot xizmati futbolchimiz masalasida SPORTS.UZ ga nima dedi?

  • 8 yanvar, 2024, 12:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Oston O‘runovga Moskvaning TsSKA klubi jiddiy qiziqayotgani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu esa barchaning e’tiborini o‘ziga tortdi.

Rossiya premer-ligasida “Ufa”, “Spartak” va “Ural” singari klublarda to‘p surgan yarim himoyachi o‘tgan yili “Navbahor” sharafini munosib tarzda himoya qildi va ayniqsa Osiyo Chempionlar ligasidagi o‘yinlari yanada katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi. Tabiiyki, rossiyaliklar O‘runovni unutishmagandi.

o‘runov1

Xo‘sh, TsSKAning Ostonga qiziqib qolgani qanchalik rost? Bu haqiqatga to‘g‘ri keladimi? Ushbu masala yuzasidan surishtiruv o‘tkazishga harakat qildik. Bu borada ayniqsa, TsSKA jamoasining munosabatini bilish biz uchun muhim edi.

Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raev TsSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotov bilan bog‘lanishga urinib ko‘rdi. Biroq hozirda Vladimir Valentinovich ta’tilda bo‘lgani sababli uni bezovta qilishni istamadi va klub matbuot xizmati rahbari Kirill Breydo bilan bog‘landi.

breydo

Oston O‘runovning TsSKA qiziqishlar doirasida emasligini Breydo Sports.uz jurnalistiga ma’lum qilgan holda “bu ma’lumot to‘g‘ri emas”, degan javobni aytdi.

TsSKA O‘runovga qiziqish mavjudligini tan olmadi. Balki unga Rossiyaning boshqa klublari ko‘z tikayotgandir. Futbolchining o‘zi ham yana u erga qaytishga qarshi emas. Katta ehtimol bilan Ostonning yangi klubi Osiyo Kubogi musobaqasidan keyin hal bo‘lsa kerak, agar ungacha biror kutilmagan yangilik chiqib qolmasa...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
08/01/2024 16:00
Вазиятни ойдинлаштириш SPORTS.uz журналисти Яҳёхўжа Улуғхўжаев футболчи билан боғланди.

"Мен билан ЦСКА қизиқиб қолгани рост. Агентим бу масала билан жиддий шуғулланмоқда. Мени РПЛда қолиб кетган ишларим бор. ЦСКА мен учун чинакам чорлов. Агар қизиқиш жиддий бўлса, албатта уни кўриб чиқамиз", - дейилади хабарда.
Sports.uz журналисти Шуҳратбек Жўраев ЦСКА бош мураббийи Владимир Федотов билан боғланишга уриниб кўрди. Бироқ ҳозирда Владимир Валентинович таътилда бўлгани сабабли уни безовта қилишни истамади ва клуб матбуот хизмати раҳбари Кирилл Брейдо билан боғланди.
Остон Ўруновнинг ЦСКА қизиқишлар доирасида эмаслигини Брейдо Sports.uz журналистига маълум қилган ҳолда “бу маълумот тўғри эмас”, деган жавобни айтди. Бу қанақа нашр, а?! Бир саҳифанинг ўзида, ўзини, ўзи инкор қилади.




Suhrob Xolbekov
08/01/2024 19:11
Ozgina farosatingizni ishlatsangiz hammasi joyiga tushib ketadi. Bu yerda Sports.uz o'zini o'zi o'zi inkor qilayotgani yo'q. Rossiyalik jurnalist Ostonga qiziqish bo'lmayapti, demoqda va buni Sports.uz shunday dediб deb yozmoqda. Bunaqa gaplar yozishdan oldin, bitta ko'z oynak sotib olishni maslaxat beraman))))
&
Sports 55
08/01/2024 12:32
ЦСКА мухлислари хам унча хушлами ёзишди
Эргашев Файзулло
08/01/2024 12:13
Ёзган хабарларингдан ярми ёлгон кайердан оласизлар