Tunis so‘nggi 52 yilda eng yomon ko‘rsatkichni qayd etdi

  • 21.06.2026 11:58
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tunis terma jamoasi Yaponiyaга qarshi bahsda yirik mag‘lubiyatga uchrab, 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va shu bilan JCh-2026 pley-off bosqichiga chiqish umidlaridan dosroq mahrum bo‘ldi.

Yaponiya har bir taymda ikkita dan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, birinchi turda Tunis Shvetsiyaga qarshi o‘yinda 1:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. MisterChip ma’lumotlariga ko‘ra, Tunis 1974 yildan buyon jahon chempionati guruh bosqichidagi dastlabki ikki uchrashuvda kamida to‘qqizta gol o‘tkazib yuborgan ilk Afrika terma jamoasiga aylandi. 52 yil avval bu borada eng yomon ko‘rsatkich Zair terma jamoasiga tegishli bo‘lib, ular ikki o‘yinda jami 11 ta gol o‘tkazib yuborgan edi.

Guruh bosqichining so‘nggi turida Tunis Niderlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 26 iyun kuni bo‘lib o‘tadi, o‘yin boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!