Turindagi o‘yinda barcha zamonlar rekordi o‘rnatildi

  • 12 fevral, 08:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichi doirasidagi uchrashuvlardan biri Turinda “Yuventus” hamda “PSV Eyndxoven” o‘rtasida bo‘ldi.

Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda mezbonlar Ueston Makkenni va Samyuel Mbangulaning goli evaziga 2:1 hisobida  g‘olib chiqdi.

Niderlandiyaliklarning yagona javob to‘pini kiritgan Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ivan Perishich esa, bu goli bilan o‘z nomini tarixga yozib qo‘yji.

Squawka statistika portalining ma’lum qilishicha, 36 yoshli Ivan Perishich PSVning Evropa Chempionlar ligasi (Evropa Chempionlar kubogi) musobaqasi tarixidagi eng yoshi katta gol muallifiga aylandi.

Faoliyati davomida bir necha klublar, xususan, “Borussiya Dortmund”, “Bavariya”, “Inter” va “Tottenxem” kabi grandlar safida o‘ynagan Perishich PSVga 2024 yilning sentyabrida kelgan edi. Mahoratli yarim himoyachi shundan beri barcha turnirlarda 24 ta uchrashuv o‘tkazib, beshta gol va sakkizta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!