Turk klubi 60 ta uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatlar seriyasini to‘xtatdi

  • 29 sentabr, 15:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol bo‘yicha Turkiya chempionatining ikkinchi divizionida sport olamida deyarli uchramaydigan voqea yuz berdi.

Tecno

“Yeni Malatyaspor” jamoasi 60 ta uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatlar seriyasini to‘xtatishga erishdi. Ikkinchi divizionning oltinchi turida bu jamoa raqib “Anqara Demirspor” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Shu tariqa, “Yeni Malatyaspor” 974 kun deganda ilk ochkosini qo‘lga kiritdi. Bu jamoa oxirgi ochkosiga 2023 yilning 29 yanvarida birinchi ligada “Eyupspor”ni 2:1 hisobida engganida ega bo‘lgandi.

“Yeni Malatyaspor” Turkiya chempionati ikkinchi divizionida -35 ochko bilan oxirgi pog‘onada bormoqda. FIFA tashkiloti bu klubni moliyaviy firibgarlik uchun jazoga tortib, mavsum oldidan jamoadan 36 ochko olib tashlagan.

Qizig‘i shundaki, “Yeni Malatyaspor” 2021-2022 yilgi mavsumda Superligada o‘ynab, chempionat yakuniga ko‘ra, quyi ligaga tushib ketgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!