
Turkiya chempionati. Turg‘unboev super gol urgan o‘yinda "Sivasspor" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi
Turkiya chempionatining 37-turida "Sivasspor" "Istanbulspor" mehmoni bo‘lib, 1:3 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Xarisis hisobni ochgan bo‘lsa, taym so‘nggida Turg‘unboev super goli bilan farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda Koyta ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. 81-daqiqada esa Temei javob qaytardi.
Shu tariqa, "Sivasspor" turnir jadvalida 7-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar