Turkiya grandi "Manchester Siti" yulduzi uchun 10 million taklif qildi
"Galatasaroy" darvozabon Ederson transferi bo‘yicha "Manchester Siti"ga birinchi rasmiy taklif bilan chiqdi. Turk klubi 31 yoshli posbon transferi uchun 10 mln evro atrofida pul to‘lashga tayyor, ammo "shaharliklar" katta miqdorda pul so‘rashgan. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Ederson ketadigan bo‘lsa, "Manchester Siti" PSJ darvozaboni Janluiji Donnarummani o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Italiyalik futbolchi ingliz klubiga o‘tishga tayyor. Tomonlar futbolchining shaxsiy shartnomasi shartlarini kelishib olishda muammolarga duch kelmaydi.
Ederson "shaharliklar" safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 20 mln evroni tashkil etadi.



Fikrlar