Turkiya jahon chempionatida ikki antirekord va bitta o‘rnatdi

  • 20.06.2026 12:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Opta Sport» ma'lumotiga ko‘ra, Turkiya terma jamoasi jahon chempionatlari tarixida bir vaqtning o‘zida ikki antirekord o‘rnatdi.

"Jahon chempionati-2026" guruh bosqichining ikkinchi turida turklar Paragvayga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu bilan Turkiya jahon chempionatlari tarixida to‘p nazorati kamida 77 foiz bo‘lgan o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qila olmagan ilk jamoaga aylandi. Bu statistika 1966 yildan buyon yuritiladi.

Turnirdagi ilk uchrashuvda ham Vinsentso Montella shogirdlari Avstraliyaga 0:2 hisobida yutqazgan edi. Statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, ikki o‘yin davomida Turkiya terma jamoasi raqib darvozasi tomon 62 marta zarba yo‘lladi, ammo biror gol ura olmadi. Bu ko‘rsatkich jahon chempionatlari tarixida barcha terma jamoalar orasida eng yomonisi sifatida qayd etildi.

Shu bilan birga, turk himoyachisi Abdulkarim Bardakji bir o‘yinda aniq uzatmalar soni bo‘yicha mundiallar rekordini yangiladi — u Paragvayga qarshi bahsda 98 marta aniq pas berdi.

Qator asoratli ikki mag‘lubiyatdan so‘ng Turkiya terma jamoasi pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi. Guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvni turklar 26 iyun kuni AQSh terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!