Turkiya klubining Akramjon Komilovga qiziqishi qanchalik aniq?
Kecha Toshkentning “Bunyodkor” klubi himoyachisi Akramjon Komilovni Turkiyaning “Konyaspor”i o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Biz esa ushbu ma’lumot qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi borasida futbolchining o‘zi bilan bog‘landik.
“Qaldirg‘ochlar” himoyachisi bu haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligi, u ham Turkiyadan bo‘lgan qiziqishni ijtimoiy tarmoqda ko‘rib qolganini ma’lum qildi.
Ya’ni, futbolchi “Konyaspor” jamoasi Komilovni o‘z safiga qo‘shib olishi to‘g‘risidagi ma’lumotni tasdiqlamadi. Balki, bu qiziqish haqiqatgdan ham faqatgina Turkiya jamoasi tomonidan bo‘lgandir.

Fikrlar