Turkiya Superligasi. Abbosbek Fayzullaev assist qayd etgan uchrashuvda “Istanbul Boshakshehir” g'alaba qozondi
Turkiya superligasining 25-tur bellashuvlariga start berildi. Ushbu turda hamyurtlarimiz Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev to‘p tepayotgan “Istanbul Boshakshuxir” o‘z uyida “Gyoztepe”ni qabul qilib g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 13-daqiqasida aynan Abbosning uzatmasidan so‘ng Ali Sahiner gol urib, hisobni ochdi. 39-daqiqada mehmonlar Antunesning golidan so‘ng muvozanatni tikladi 1:1. 69-aqiqa ga kelib, zahiradan maydonga tushgan Ivan Brnich gol urib, istanbulliklarga g‘alaba keltirdi. O‘yin yakuniga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi va “Istanbul Boshakshehir” o‘z hisobiga 3 ochkoni yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar