Turkiya Superligasi. Aliqulov to‘liq uchrashuv o‘tkazgan o‘yinda "Rizespor" nursiz durang qayd etdi
Turkiya Superligasining 2-turidan o‘rin olgan "Alanyaspor" - "Rizespor" o‘rtasidagi to‘qnashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
O‘zbekisto milliy terma jamoamiz a’zosi va etakchisi Husniddin Aliqulov esa bellashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq o‘tkazdi. Shuningdek, uchrashuvning 65-daqiqasida hamyurtimiz sariq kartochka bilan jazolandi.
Ma’lumot o‘rnida, "Rizespor" ushbu durang orqali mavsumdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi va 7-o‘ringa ko‘tarildi.
Fikrlar