Asosiy mazmunga oʻtish

Turkiya Superligasi. "Istanbul Bashakshehir" mavsumni durang bilan boshladi. Shomurodov chempionatdagi debyut uchrashuvini o‘tkazdi

  • Izohlar: 0
  • Futbol

Turkiya Superligasining birinchi turidan o‘rin olgan "Istanbul Bashakshehir" - "Kayserispor" klublari ishtirokidagi bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. 
 
Dastlab to‘qnashuvning 41-daqiqasida Ivan Brnich hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu golda hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘zining sa’y-harakatlari bilan ishtirok etdi. Ikkinchi bo‘limning 68-daqiqasiga kelib esa "Kayserispor" futbolchisi Migel Kardozu hisobni tenglashtirdi. Mazkur vaziyatdan so‘ng "Bashakshehir" murabbiyi Shomurodov va yana 2 ta o‘zgarish qilib, futbolchimizni zaxira o‘rindig‘iga oldi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, istanbulliklar ushbu o‘yindagi 1 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q