Turkiya Superligasi. "Istanbul Boshakshehir" Zel'kening dubli evaziga g'alaba qozondi. Fayzullaev va Shomurodov to'liq uchrashuv o'tkazdi
Turkiya Superligasining 24-turidan o‘rin olgan navbatdagi to‘qnashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Nuri Shahin boshqaruvidagi "Istanbul Boshakshehir" o‘z maydonida "Konyaspor"ni qabul qilib, 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Abbosbek Fayzullaev hamda Eldor Shomurodov bellashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq o‘tkazishdi.
Ikki golga ham Devi Zelke mualliflik qildi. Germaniyalik forvard dastlab 53-daqiqada hisobni ochishga erishdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, ikkinchi golini kiritgan holda jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Boshakshehir" ushbu g‘alabasidan so‘ng ochkolar sonini 39 taga yetkazib olib, 6-o‘rinni mustahkamladi.
- Turkiya - Super Liga
- Joriy Mavsum
Istanbul Bashakshehir
- Davie Selke 52'
- Davie Selke 61'
Tugadi
2
:
0
27.02.2026 22:00
Konyaspor
Fikrlar