
Turkiya Superligasi. Otabek Shukurov to‘liq o‘ynagan bahsda "Karagyumryuk" mag‘lubiyatdan qutilib qoldi
Turkiya Superligasining 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Fotih Karagyumryuk” o‘z maydonida “Giresunspor” bilan durang o‘ynadi.
Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Mehmonlar 75-daqiqada hujumchi Riad Bayichning sa’y-harakatlari evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Bellashuv yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganda, aniqrog‘i 90+2-daqiqada Mbaye Dyanning maydon egalarini mag‘lubiyatdan qutqarib qoluvchi gol muallifiga aylandi.
"Fotih Karagyumryuk"ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Otabek Shukurov uchrashuvni to‘liq o‘ynadi.
Andrea Pirlo shogirdlari 5 o‘yinda 5 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi. “Giresunspor” esa 7 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar