Turkiyaning grand klubi maoshlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda
Turkiya Superligasining 23-turida "Galatasaray" "Konyaspor"ga qarshi uchrashuvda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu natijadan so‘ng klub ichidagi muammolar haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
TR24 nashri xabar berishicha, "Galatasaray" futbolchilari ketma-ket uch oydan beri maosh olmayapti. Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati ushbu holat bo‘yicha hozircha rasmiy izoh bermagan, bu esa ommaviy axborot vositalari va muxlislar orasida turli mish-mishlarni kuchaytirmoqda.
Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli fikricha, so‘nggi voqealar fonida jamoaning joriy mavsumda chempionlikka erishishi juda shubhali ko‘rinib qolmoqda.
Ayni paytda Okan Buruk shogirdlari chempionat turnir jadvalida 55 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Biroq ikkinchi o‘rinda ketayotgan "Fenerbahche"ning 52 ochkosi va zahirada bitta o‘yini bor, bu esa chempionlik uchun kurashni yanada keskinlashtirmoqdа.
Fikrlar