Turklar “Liverpul”ni sudga bermoqchi
Turkiyaning eng qudratli klubi “Galatasaroy” UEFA Chempionlar ligasi oʻyinidan keyin Angliya chempioni “Liverpul”ni sudga bermoqchi.
Turk klubi bosh direktori Eray Yazgan Liga chempionlari doirasidagi “Liverpul”ga qarshi oʻyindan keyin klub sudga murojaat qilishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.
- Oʻyindan keyin biz UEFA vakillariga shikoyat qildik. Ular tekshiruv oʻtkazishdi. UEFA vaziyatni baholaydi. Biz yuristlarimiz bilan maslahatlashyapmiz. UEFAga kompensatsiya talab qilib daʼvo kiritamiz va maoshlar bilan bogʻliq moliyaviy qiyinchiliklar hisobga olinishini talab qilamiz.
Agar talablarimiz qondirilmasa, huquqiy choralar koʻramiz. Bizning eng asosiy ustuvorligimiz — futbolchilar sogʻligi. Pul ikkinchi darajada. Shuningdek, bu ishda aybdorlarni javobgarlikka tortamiz, - dedi Yazgan.
Ikki jamoa oʻrtasidagi uchrashuvning 75-daqiqasida Noa Lang maydon chetidagi reklama taxtasiga urildi va barmogʻini jarohatladi. Unda qon ketish boshlandi va u bir muddat maydonda yotdi. Keyin uni zambilda maydondan olib chiqishdi. Futbolchida barmoq falangasining qisman uzilishi kuzatilgan va u operatsiya qilinadi.
Fikrlar