
Turkmanistonga qarshi birinchi o‘yinni eslab!
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati 2-saralashi doirasida Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi.
Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuv sun’iy maydonda o‘tkazilgan edi va unda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Asosiy tarkib quyidagicha edi:
Darvozabon: O‘tkir Yusupov;
Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov, Husniddin Aliqulov, Rustam Ashurmatov, Abduquodir Husanov, Farrux Sayfiev;
Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov;
Hujumchilar: Azizbek Turg‘unboev, Oston O‘runov, Eldor Shomurodov.
Birinchi bo‘lim yakunida Turkmaniston terma jamoasining 4-raqamli futbolchisi Meylis Durdiev darvozamizning yaqin burchagini aniq nishonga olib hisobni ochgan.
Ikkinchi bo‘limda vakillarimz ketma-ket hujum uyushtirishi natijasida 57-daqiqada termamiz sardori Eldor Shomurodovning uzatmasidan so‘ng Otabek Shukurov o‘yinda muvozanatni tiklagan, 77-daqiqada Shukurov dublni rasmiylashtirgandi.
Uchrashuv so‘ngida Shukurovning super pasidan keyin Shomurodov ham raqib darvozasini ishg‘ol qilgan - 1:3.
Eslatib o‘tamiz, bugungi uchrashuv soat 19:30da "Bunyodkor" stadionidan start oladi.
Fikrlar