"Turon" futbolchisi ham U-23 Osiyo chempionatida qatnashadi

  • 1 iyun, 2022, 08:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo chempionati start oladi. 16 terma jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Tecno

Yon qo‘shnimiz – Tojikiston U-23 terma jamoasi ham musobaqaga tayyorgarlik ko‘rgan. E’tiborlisi, Toshkentga olib kelingan 22 nafar futbolchi orasida chempionatimizda to‘p surayotgan o‘yinchisi ham bor.

Jumladan, pro ligada “Turon” sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Sharif Rahmatov ham Tojikiston terma jamoasining yakuniy ro‘yxatidan joy oldi.

Ushbu o‘yinchi “Turon” safiga mavsum boshida taklif qilingan. Lekin hozircha pro liga bahslarida debyutini o‘tkazgani yo‘q. U faqat O‘zbekiston Kubogi doirasida “Sho‘rtan”ga qarshi bellashuvda maydonga tushgan xolos. Shunday bo‘lsa ham Tojikiston terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi Asliddin Habibulloev Rahmatovga ham Osiyo chempionatida ishonch bildirishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston D guruhida Saudiya Arabistoni, Yaponiya va BAA terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!