
"Turon" futbolchisi Tailand klubida paydo bo‘ldi
Mavsum boshida “Turon” jamoasiga qo‘shilgan ganalik Kvame Karikari jamoasini o‘zgartirdi. Yaqinda uning saytimiz orqali “Turon”dan ketayotgani haqida xabar bergandik va bu o‘z tasdig‘ini topdi.
Ganalik hujumchi Superligada birorta gol urmagan holda jamoani tark etdi. Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, Karikari keyingi faoliyatini Tailand chempionatida davom ettiradi.
U "Tay liga" ishtirokchisi - “Naxot Ratsachima Mazda” jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Legionerning shartnomasi 2022 yilning 31 mayiga qadar amal qiladi.
Fikrlar