"Turon" ilk mavsumda jiddiy o‘rinlar uchun kurasha oladimi? Timur Kapadze javob berdi
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze saytimiz tomonidan tashkil etilgan "O‘zbekcha futbol" loyihasiga tashrif buyurdi. Sobiq futbolchi vodiyliklarning yangi mavsumdagi imkoniyatlari haqida quyidagicha fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Menimcha, "Turon"ga jiddiy o‘rinlar uchun kurashish vazifasi qo‘yilmaydi. Sababi, ular uchun joriy mavsum Superligadagi birinchisi bo‘ladi va oliy divizionning Pro-ligadan farqi bor. Baribir, birinchi yilni Superligaga moslashishga sarflashsa kerak. Jamoa oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yishi tabiiy holat. Ammo dastlabki mavsumdanoq yuqori o‘rinlardan birini egallash vazifa sifatida qo‘yilmasa kerak.
Yana bir jihatga e’tiboringizni qaratishni istagan bo‘lardim, Murod aka Ismoilov yaypanliklar murabbiylar shtabida bor. U bir necha yillar davomida Superligada katta tajriba to‘plagan kuchli mutaxassis", - dedi Kapadze.

Fikrlar