
“Turon” ishida kutilmagan burulish!
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, deyarli yopilish arafasida bo‘lib qolgan Yaypan klubi o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bugun Toshkentda yopiq eshiklar ortida o‘tadigan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. “Turon” bahona Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan 7 apreldagi qaror ijrosi va uning ilovlari bo‘yicha yuzaga kelgan vaziyat ko‘rib chiqiladi.
Soddaroq qilib aytsak, davlat klublarining homiylarini soliqdan ozod qilish va shunga o‘xshash imtiyozlar ijrosi borasida majlis bo‘lib o‘tadi. Unda, “Turon” klubi kelajagi borasidagi muhim qaror qabul qilinishi kutilmoqda. Voqealar rivojini SPORTS.uz’da kuzatib boring.”
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda “Turon” jamoasi bosh homiysi klubni moliyalashtirishdan voz kechgani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topgan edi.
Fikrlar