"Turon" klubi 23 yanvar kungi o‘yinga astoydil tayyorgarlik ko‘rmoqda

  • 20 yanvar, 2021, 20:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Hokim kubogi-2021" musobaqasida ishtirokini boshlaydigan "Turon" asosiy tarkib jamoasining Farg‘ona shahridagi mavsumga tayyorgarlik jarayoni davom ettirilmoqda. Islombek Ismoilov shogirdlari bugungi mashg‘ulotlari to‘p bilan ishlash, jismoniy imkoniyatni oshirish va fitnes mashqlaridan iborat bo‘ldi.

Tecno

Avval xabar berganimizdek, jamoa "Hokim kubogi-2021" musobaqasidagi ishtirokini 23 yanvar, shanba kuni boshlaydi. Yaypanliklar ushbu turnirdagi dastlabki raqibi Namanganning "Navbahor" jamoasi bo‘ladi. O‘yin soat 11:00da Farg‘ona davlat universiteti o‘yingohida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!