
"Turon" legioneri jamoadan ketdi
O‘tgan mavsumni "Turon"da o‘tkazgan himoyachi Vladislav Kasminin jamoani tark etdi. Bu haqda futbolchining o‘zi "Instagram"dagi sahifasida ma’lum qildi.
U turonliklar safida joriy mavsum barcha musobaqalarda 23ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga 2ta gol yozdirib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, "Turon" 2021 yilgi mavsumda so‘nggi o‘rinni egallab, Pro-Ligaga ravona bo‘ldi.
Fikrlar