"Turon" sardori endi "Neftchi"da o‘ynaydi!

  • 25.01.2024 01:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

"Neftchi" jamoasi yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun tajribali futbolchi Xurshid Muxtorov  "Neftchi" klubi bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoaning himoya qo‘rg‘onida xarakat qiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Xurshid Muxtorov o‘tgan mavsumni Superliga vakili - Yaypanning “Turon” jamoasida o‘tkazdi. Futbolchi  mavsum davomida  jami 21 uchrashuvda 1764 daqiqa  harakat qilib, 4 ta gol urdi va 1 golga assistentlik qildi.

muxtorov1

Muxtorov faoliyati davomida "Lokomotiv","Navbaxor",OKMK,"Nasaf", "So‘g‘diyona", "Qo‘qon-1912" va "Turon" jamoalari tarkibidagi o‘yinlari orqali muxlislarga tanish bo‘lib ulgirgan.

Xurshid Muxtorov jamoa bilan shartnoma iizolagach: "Neftchi" jamoasini qanday klubligini yaxshi bilaman,  farg‘onalik muxlislarni juda talabchan, ularni yangi mavsumda juda ham ajoyib futbol bayrami kutib turibdi,  o‘ylaymanki, yangi mavsumda jamoamiz bilan muxlislarni xursand qila olamiz! Olg‘a "Neftchi"! deb o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi!

"Neftchi" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!