
"Turon"da yosh futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazish jarayoni boshlandi
Pro-ligada peshqadamlik qilayotgan va elitaga qaytishga birinchi raqamli da’vogarlardan biri hisoblangan "Turon" yoshlarga ham katta e’tibor qaratmoqda.
Bugun, 20 iyul kunidan boshlab "O‘zbekiston" o‘yingohining mashg‘ulot maydonida klub akademiyasi uchun 2011-2012 yosh futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazish jarayoni boshlandi. Erta tongdan o‘yingohimizga etib kelgan ko‘plab nomzod futbolchilar yoshlar jamoalarimiz murabbiylari shtabi vakillari tomonidan munosib kutib olindi.
Eslatib o‘tamiz, "Turon" 13 turdan so‘ng 31 ochko bilan Pro-liga musobaqa jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. Yaypanliklarning eng yaqin ta’qibchisi hisoblangan "Andijon" hisobida esa 28 ochko mavjud.
Fikrlar