Tursunovning jamoasi mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Qatar Yulduzlar ligasida 5-tur o‘yinlariga start berildi. Hamyurtimiz Sanjar Tursunov to‘p suradigan “Al-Xaritiyat” jamoasi o‘z maydonida “Al-Garafa”ni qabul qildi.

Gollarga boy tarzda kechgan bahsda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bu Tursunov to‘p suradigan jamoaning mavsumdagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.

Hamyurtimiz 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.

Qatar Yulduzlar ligasi. 5-tur

“Al-Xaritiyat” – “Al-Garafa” 4:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!