Tursunoy Rahimova chorak finalda!
Vetnamda boks bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatining 51 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Tursunoy Rahimova chorak finalga chiqdi.
Musobaqaning birinchi davrasida Tursunoy hindistonlik Beatriks Sugoroga qarshi ringga ko‘tarildi. Bokschimiz bellshuvda raqibiga tezkor va aniq zarbalar yo‘llab, yirik 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shuningdek, ilk bosqichda ishtirok etgan hamyurtlarimizdan Fotimaxon Tursunboeva, Rayhona Qodirov o‘z vazn toifalarida mag‘lubiyatga uchradi.
Bugun, 4 noyabr kuni vazni 54 kilogrammgacha bo‘lgan bokschimiz Farangiz Hoshimova hindistonlik Shikshaga qarshi jang o‘tkazadi.
Sports.uz
Fikrlar