Tuxel Angliya terma jamoasi bilan yangi shartnoma imzoladi

  • 12.02.2026 16:52
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasi bilan ajoyib natijalar qayd etayotgan Tomas Tuxel yangi shartnoma borasida rahbariyat bilan kelishib oldi. Germaniyalik mutaxassis 2028 yilgacha amal qiladigan bitimga imzo chekdi.

Tuxelning eski shartnomasi Jahon chempionati yakunlangandan keyin o‘z nihoyasiga yetishi kerak edi. Yozda esa klublar unga aloqaga chiqishi aniq, bu esa Tomasni hozir chalg‘itishi mumkin. Shu sababli, "uch sherlar" bitimni keyingi Evroga qadar uzaytirishni ma’qul ko‘rdi.

Thomas Tuchel Extends Contract As England Head Coach

52 yoshli mutaxassis qo‘l ostida Angliya Jahon chempionati saralashida 100 foizlik natija qayd etdi, ya’ni barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Oldinda terma jamoani Urugvay va Yaponiya qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari kutib turibdi.

2028 yilda bo‘lib o‘tadigan Evro chempionatini Angliya Shotlandiya, Uels va Irlandiya Respublikasi bilan birgalikda qabul qiladi. Shunday ekan, rahbariyat ushbu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!