Tuxel "Bayer"ga qarshi o‘yin oldidan: "To‘qnashuv o‘ta muhim ahamiyatga ega, ammo Leverkuzenga g‘alaba uchun boramiz!"

  • 10 fevral, 2024, 14:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun 22:30 da Germaniya Bundesligasi uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rib kelinayotgan "Bayer" va "Bavariya" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Ahamiyatlisi, Leverkuzen klubi anchadan beri mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirib kelyapti. 

Tecno

Mazkur bahs oldidan myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Bayer"ning uzoq davom etib kelayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasi ajoyib. Ammo biz bilan oradagi tafovut atigi 2 ochko. 

Mavsum endi avj pallasiga kelmoqda. Shunga qaramay, mazkur to‘qnashuv o‘ta muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, barcha yaxshi tomonlarimizni ko‘rsata olishimiz lozim. Leverkuzenga g‘alaba uchun boramiz!

Alonso - "Bayer"ning ustuni. U tarkibni ajoyib shakllantirgan, bunda uning imzosi yaqqol sezilib turibdi. Uning ishini alohida e’tirof etish darkor. 

Odatda, Rojer Federerga qarshi kortga chiqilganda, uning nafis va go‘zal o‘yini sabab neytral muxlislar Rojerga muxlislik qilishadi. Hozir bizda ham xuddi shunday holat va bu bizning g‘alaba qozonishimizni yanada murakkablashtiradi", - dedi germaniyalik mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!