Tuxel Lukakuni o‘ynatganidan pushaymon

  • 7 dekabr, 2021, 11:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Angliya premer-ligasining 15-turida “Chelsi” safar uchrashuvida “Vest Xem”ga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi va musobaqa jadvalida uchinchi o‘ringa tushib qoldi.

Birinchi bo‘limni o‘z foydasiga hal qilgan “aristokratlar” bosh murabbiyi Tomas Tuxel tanaffusdan so‘ng Kay Xaverts o‘rniga Romelu Lukakuni o‘yinga tashladi. Keyinchalik mezbonlar ikkita gol urib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi.

- Bu mening aybim. Biz Romeluning 45 daqiqa o‘ynashga jismonan tayyor emasdi, lekin Kay jarohat olgani bois uni maydonga tushirdik.

Xaverts raqibning kuchli tomoni hisoblangan standart vaziyatlardan himoyalanishda muhim vazifalarni bajarayotgan edi. Qarorim xato bo‘ldi va bunga men javobgarman, - dedi Tomas Tuxel.

Romelu Lukaku oktyabr oyidagi jarohatidan hali to‘liq tiklangani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!