Tuxel «Manchester Siti» APLdan tushib ketsa ham, futbolchilarni terma jamoaga chaqirishini aytdi

  • 02.10.2026 20:10
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni buzgani uchun jiddiy jazoga duch kelishi mumkin. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxeldan klub Premyer-ligadan chiqarib yuborilsa, u yerdagi futbolchilarni terma jamoaga chaqirish-chaqirmasligi haqida so‘rashdi.

«Bunday ehtimol doim bor. Men har doim terma jamoa, aniq bir o‘yin yoki turnir uchun eng yaxshi tarkibni tanlashga harakat qilaman. Futbolchini faqat shu uchun rad etmaymanki, u mamlakatning eng yuqori divizionida o‘ynamayapti. Har bir holatni alohida ko‘rib chiqishimiz kerak», – deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi Goal portali.

Eslatib o‘tamiz, mustaqil komissiya «Manchester Siti»ni bir qator moliyaviy qoidalarni buzgan deb topdi. Klub mazkur qaror ustidan shikoyat bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!